Joni shirinim u la’li nuktadoning sadqasi...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Joni shirinim u la’li nuktadoning sadqasi...
by Bayramxon

Joni shirinim u la’li nuktadoning sadqasi,
Vah, ne bir jon, balki yuz jon bo‘lsa oning sadqasi

Sen dag‘i bir no‘shlab ishqida mendek zorsen,
Zor ko‘nglumga tarahhum ayla joning yeadqasi.

Deding, evrulma boshimg‘akim, ravon men telbaga,
Sen ravon bo‘l, men bo‘lay sarvi ravoning sadtsasi.

Ham Xizr suyi labi jonbaxshingga bo‘lsun fido,
Ham Masih anfosi jonbaxsh bayoning sadqasi.

Bayram, o‘lma talxkom ar joni shirin bo‘lmasa,
Joni shirining, buti shirin zaboning sadqasi.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse