Jong‘a chun dermen...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Jong‘a chun dermen...
by Alisher Navoiy

Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kayfiyati?»
Derki: «Bois bo‘ldi jism ichra marazning shiddati.

Jismdin so‘rsamki: «Bu vaz’ingg‘a ne erdi sabab?»
Der: «Anga bo‘ldi sabab o‘tluq bag‘irning hirqati”.

Chun bag‘irdin so‘rdum, aytur: «Andin o‘t tushti manga,–
Kim ko‘ngulga shu’la soldi ishq barqi ofati».

Ko‘nglima qilsam g‘azab, ayturki: «Ko‘zdindur gunoh,
Ko‘rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati».

Ko‘zga chun dermenki: «Ey tardomani yuzi qaro,
Sendin o‘lmish telba ko‘nglumning balo-yu vahshati».

Yig‘lab aytur ko‘zki: «Yo‘q erdi manga ham ixtiyor, -
Ki ko‘rundi nogahon ul sho‘xi mahvash tal’ati».

Ey Navoiy, barcha o‘z uzrin dedi, o‘lguncha kuy, -
Kim sanga ishq o‘ti-o‘q ermish azalning qismati.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.