Jonbaxsh la’ging ustida ul xol hindularmudur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Jonbaxsh la’ging ustida ul xol hindularmudur...
by Komil Xorazmiy

Jonbaxsh la’ging ustida ul xol hindularmudur,
Yo chashmayi hayzon uza zogʻi siyah moʻlarmudur?

Bogʻi jamoling sahnida oʻynar koʻzing mardumlari,
Yoxud Xoʻtan gulzorida tayr etkan ohularmudur?

Sunbul erurmu sarvgʻa chirmoshib oʻskan bogʻ aro,
Yoxud choʻlashgʻan qaddinga shabrang gesularmudur.

Xatti muanbarmu erur chohn zanaxdon davrida,
Yo salsabil atrofida rayhoni xushboʻlarmudur?

Shahlo koʻzing atrofida kirpiklaringmu, yoʻq esa,
Qurgʻon kiyiklar saydigʻa sayyod moʻndularmudur?

Gʻamzang mijang novaklarin otmoqdadur ikki kamon,
Yo koʻzlaringning ustida payvasta abroʻlarmudur?

Zohir areqlarmu erur, gulbargi xandoning uva,
Yo la’li xotam davrida serob lu’lularmudur?

Gʻamzang xadangin har taraf otsang tegar man zoringa,
Jonu koʻngulmu, yoxud ul oʻqlarga qopularmudur?

Hayroni didoring boʻlub turmush qoshingda xoʻblar.
Yoʻq ersa qoʻygʻon oʻtruda mashshota koʻzgularmudur?

Tortar riyoiy shayxlar masjidda jahr aylab figʻon,
Yo koʻkka boqib koʻchada har kecha ig uvlarmudur?

Komil qoshigʻa keldimu barcha raqibi hilasoz,
Yo sheri gʻurron ollida bir necha tulkularmudur?

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse