Jump to content

Jon mulkiga torojlar solg‘usi xayli g‘am bukun...

From Wikisource
Jon mulkiga torojlar solg‘usi xayli g‘am bukun...
by Muhammad Rasul Mirzo
332909Jon mulkiga torojlar solg‘usi xayli g‘am bukun...Muhammad Rasul Mirzo

Jon mulkiga torojlar solg‘usi xayli g‘am bukun,
Bu vajh ila tutg‘umdurur o‘z holima motam bukun.

Ro‘zimg‘a andog‘ tiyralik zo‘r aylamishdur, topmag‘ay
Ravshanlig‘ ochsa yuz agar nayyiri a’zam ham bukun.

Ey do‘stlar, o‘tlug‘ damim yoqqusi olam ahlini,
Darkor ersa joningiz bo‘lmang manga hamdam bukun.

Bo‘lmish erurman gulshani ko‘yidin masofa yiroq,
Gulzori jannatdin uzoq bo‘lg‘an kibi odam bukun.

Aylab ihota yer yuzin ul oy gardun zaylini,
Chashmim oqizg‘ach ashkning o‘rnig‘a xunin nam bukun.

Za’fim shadid o‘lg‘ach muhib ohim umidin naylayin,
Jismim o‘tidin jon qushi qilg‘udek o‘ldi ram bukun.

Mirzoyi mahzun holig‘a rahm aylabon, ermas ajab,
Dildor bazmi vaslig‘a qilsa ani mahram bukun.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.