Jon hajr o’tina tushti, yana bizni unutma...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Jon hajr o’tina tushti, yana bizni unutma...
by Sakkokiy

Jon hajr o’tina tushti, yana bizni unutma,
Zulfung beki qad bo’ldi duto, bizni unutma.

Qurbon bo’lubon vasling uchun shukr o’tagaybiz,
To bu mahaldin, sanamo, bizni unutma.

Yo’q erdi rizo ketgali bir lahza qoshingdin,
Sendin chu yiroq soldi qazo, bizni unutma.

Nortek yangoqing furqati ichra ko’ngulu jon,
Ul kuydi judovu bu judo, bizni unutma.

Iso damining bor asari har nafasingda,
Jon dardina, ey xulqi davo, bizni unutma.

Hijron evining kunjin olib kechavu kunduz,
Zulfu yuzinga tilda sano, bizni unutma.

Sakkoki ul oy manzilina xud eta bilmas,
Sen yetsang agar anda, sabo, bizni unutma.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse