Jon fido qilmay sanga naylayki, jonimsen mening...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Jon fido qilmay sanga naylayki, jonimsen mening...
by Ubaydullaxon

Jon fido qilmay sanga naylayki, jonimsen mening,
Jon bila ko’nglumdin ortuq dilsitonimsen mening.

Xoh qil mehru vafo, xohi jafou javr ham,
Mehr yo’q mahvashlar ichra mehribonimsen mening.

Ey hayotim senga, jismim evida jon naqdini —
Sarf qilsam, ayb emaski, mehmonimsen mening.

Hamdamimdur fig’on aylarda, ey jon bulbuli,
Nola aylab, oh urarda hamzabonimsen mening.

Jonfizo la’linnga jon bersam Ubaydiydek hanuz
Yovar etmas xo’yi bebok, badgumonimsen mening.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse