Javolash
Appearance
(Bir o‘limning izi)
Dedilarkim: «Vafot etdi Javolash!»
Tanlarimda cho‘ziq, og‘ir bir titrash
Boshlandi-da, yaproq kabi cho‘zildim,
Bir qancha chog‘ tushunchada yo‘q bo‘ldim…
Hoy qushlardek uchib yurgan yengil jon,
Gavdang endi tuproqlarga qo‘yildi,
Izlaring ham yer betidan yuvildi,
Faqat ruhing ketmas ona bag‘ridan!
Boshqa dunyo tortganida o‘ziga
Unamoqdan boshqa yo‘ling bo‘lmagan.
Oz bo‘lsa-da bir marhamat qilmagan,
Ma’yus-ma’yus qarasang ham yuziga…
Dedilarkim: «Vafot etdi Javolash» –
Qalb ko‘zidan chiqib ketdi qator yosh…
Qo‘qon, Temiryo‘l bekati.
1924, 9-may
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|