Jump to content

Jame’ ul-havodis

From Wikisource
Jame’ ul-havodis
by Shavqiy
333335Jame’ ul-havodisShavqiy

Zanbarakchi yubordi uch o‘qni,
Bilmadi so‘ngra bor ila yo‘qni.

Bir yo‘la barcha qo‘ydi ul dam ot,
Ikki yondin solishtilar: «Hayhot!»

Er yigitlarning g‘ayrati qaynab,
Turmadi emdi otlari o‘ynab.

Bo‘ldi yakboraki, urush qattiq,
Ko‘p sinib nayzalar, uyulib tig‘.

Garm bo‘ldi o‘lumni bozori,
Rasuli mavt o‘lub xaridori.

Suv kibi el qoni to‘kilmog‘lik,
Tanlaridan bosh so‘kilmog‘lik.

O‘tlashub, tishlashub olishmoqdur,
Ro‘baro‘ kelsa kim solishmoqdur.

Barchasi bir-birin surib har yon,
Ba’zi jon vahmidin bo‘lub hayron

Kim qochib, kim quvar bilolmaslar,
Gard ila bir-birin ko‘rolmaslar,

Soy toshi sonicha kesib boshni,
Qayda farq aylagay qari-yoshni. ‘

Kim qishloqni, otni olg‘on kim,
Qip-qizil qonig‘a bo‘yolg‘on kim.

Kimsani zaxmidin oqib qoni,/
Qiynalib chiqmayin birov jbni.

Goh o‘ngdin suruldilar so‘lga,
Goh so‘ldin surildilar o‘ngga.

Ul kuni bul sifat erdi doim,
Bo‘ldi, go‘yo qiyomat qoyim.

Kimni bog‘ida bosh ko‘tarsa terak,
Der edi: «Kes, yiqit, bu bizga kerak».

Elga sangi jafoni ottilar,
Suvni dehqon eliga sottilar.

Ba’zisi ani butmagan erdi,
Suv bahosidin o‘tmagan erdi.

Zulm el mag‘zidin o‘tti,
Ustixonga pichoq borib yetti.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.