Jahonda barchadin dildor yaxshi...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Jahonda barchadin dildor yaxshi...
by Xorazmiy

Jahonda barchadin dildor yaxshi,
Tuman ag’yordin bir yor yaxshi.

Raqib aning qoshinda yaxshi bo’lmas,
Chu gul qoshinda bo’lmas xor yaxshi.

Hamisha xastadur dardi bilan jon,
Bo’la bilmadi bu bemor yaxshi.

Tilarman doimo bedor anikim,
Saodat doimo bedor yaxshi.

Kerakmastur manga kunji savomiy,
Chu andin xonayi xammor yaxshi.

Qora zulfi bila ko’zi xush erur,
Chu tarror iladur ayyor yaxshi.

Ko’zi Hofiz ko’zinga xush ko’rinur,
Chun erur barcha mardumdor yaxshi.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse