Jahon obod aylar ul parivash husni gulzori...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Jahon obod aylar ul parivash husni gulzori...
by Shavqiy

Jahon obod aylar ul parivash husni gulzori,
Ikki xam qoshlarini go‘shasida chashmi xummori.

Ikki navras niholi, la’li shakar, orazi zebo,
Ko‘rarga bas ajoyib narx o‘lubdur husn bozori

Ko‘zi jodu, yuzi gul, sarv qomat, lablari shakkag
Munavvar aylagay olam yuzini husn diydori.

Yaroshnb sarvdek qomatga nozik jomai gulgun,
Jamolin bir tamosho qilg‘ali olam giriftori.

Latofat koni ul shirin, malohat g‘amzasi xunxor,
Jahon sahnnga t.ushgan huri jannatni namudori.

Bu shaklu, bu latofat, muncha ra’nolik ajoyibkim
Jahonga fitna solmish shevai noz ila raftori.

Hamisha nozaninlar vasfida guftor etar Shavqiy,
Na xushdur har kishini bo‘lsa bu suratli dildori.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse