Jahon, jono, jamolingga tasadduq...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Jahon, jono, jamolingga tasadduq...
by Umarxon

Jahon, jono, jamolingga tasadduq,
Dilu jin,xatti xolingga tasadduq.

Chamanda sarvu shamshodu sanavbar,
Erur mavzun niholingga tasadduq.

Labing sarchashmayi obi baqodur,
Xizt xatti zulolingga tasadduq.

Tutarman tan aro jonni kiromi,
Bo’lur bir kun nisoringga tasadduq.

Qolib erdi vujudimdin xayoli,
Ani qildim xayolingga tasadduq.

Labing hajrida zahri g’am yutarmen,
Halovat yodi bolingga tasadduq.

Erursan husn mulkini Amiri,
Jahon johu jalolingga tasadduq.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse