Jaholat dardidin tegmishdi millat yerga pahlusi...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Jaholat dardidin tegmishdi millat yerga pahlusi...  (1914) 
by Afandixon Axtariy

Jaholat dardidin tegmishdi millat yerga pahlusi,
Ochildi nogahon dor ush-shifoni ikki qopusi.

Bo‘lub behush yotmish, ko‘rdi andak husha keltirdi,
Sepib atrin chiqibon millating ikki Arastusi.

Buyurdi: “Xastaxona ichra elting, doru olsinlar!
Bilingkim, xastaxona — maktab, ilm — dorusi”.

Alina verdi: “Ko‘r aksing, shuuru ravnaqing ketmish,
Tafahhus ayla, xo‘b ibratnamo,—deb, — g‘az(i)ta ko‘zgusi”.

Shijoat qildilar shundog‘ zamonlarda, desak mumkin,
Maorif razmgohin biri Rustam, biri Barzusi.

Maqola yozsalar ahvolimizdin sarzanish aylab,
Yafayluk haqqi dil ichra bergan bizga lo‘lo‘si(n).

Inod etgan bilan cho‘x suflilar yo‘q xavfimiz ondan,
Barobar hech kelolmas g‘az(i)tani jafrig‘a jodusi.

Erur lozim ionat, ham xushomad, ham muhabbatkim,
Kishikim, xizmati milliydur — ul millatni xushro‘si.

Fig‘onkim, tobakay bu bistari g‘aflatda yotgaylar,
Umidim: shoyad uchgay bu “Sado”lar birlan uyqusi.

Egon millat g‘amini, Axtariy, odam hisob etgil,
Yo‘q ersa, har kishi o‘zina loyiq dardu qayg‘usi.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse