Ishqni mansubasin Majnuni hayrondin tila...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ishqni mansubasin Majnuni hayrondin tila...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Ishqni mansubasin Majnuni hayrondin tila,
Laylidek xoli siyah zulfi parishondin tila.

Na so’rorsan oshkora ul sanamni dardini,
Kel, shabi xilvat ichinda ohu afg’ondin tila,

Har nechuk nodon tabibdin so’rma dardingga davo,
Izlagil hoziq tabib, dardingga darmondin tila.

Har tikonda toza gul, har bahrda yo’qtur sadaf,
Gavhari qimmatbahoni bahri ummondii tila.

Na bilur zog’u zag’an raftori gul, ishq qadrini,
Bulbuli oshuftani qadrin gulistondin tila.

Lazzati dunyoni xushlar na bilur tan o’zgani,
Zavqi shavqi yorni dil uyida jondin tila.

La’li maqsad har qayu tog’din topilmas istasang,
Ur riyozat metinin ko’hi Badaxshondin tila.

Xojanazar osiyga qo’ydim Huvaydoni laqab,
Bul g’aribi mustamandni shahri Chimyondin tila.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse