Ishqingda o’ldum

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ishqingda o’ldum
by Boborahim Mashrab

Shohi jahonim, ishqingda o’ldum,
Oromi jonim, ishqingda o’ldum.

Kimdin o’rganding muncha jafoni,
Ey nuktadonim, ishqingda o’ldum.

To qoba qavsayn sharhi qoshingdir,
Abro’ kamonim, ishqingda o’ldum.

Qaqnusga o’xshab nola qilurman,
O’rtandi jonim, ishqingda o’ldum.

Bir rahm qilg’il, holimni so’rg’il,
Nomehribonim, ishqingda o’ddum.

Yorim sanga man chokar bo’loyin,
Sohibqironim, ishqingda o’ldum.

Mashrabga bir boq, jon dabg’a yetti,
Ruhi ravonim, ishqingda o’ldum.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse