Ishqing o‘tidin o‘rtanadur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ishqing o‘tidin o‘rtanadur...
by Shermuhammad Munis

Ishqing o‘tidin o‘rtanadur joni nizorim,
ul navki, mash’al,

Xokistar o‘lub yelga borur gardi g‘uborim,
jismim bo‘lubon hal.

Boshingdin agar evrulubon o’psa ayoqing,
ko‘nglumga ajab yo‘q,

Bu martabaga yetkuradur oni nigorim,
gisuyi musalsal.

Dard ahli chekar har necha ojizroq o‘lub oh,
ta’siri fuzundur,

Sog‘inma agar past esa nola-vu zorim,
zinhorki, ashal.

Ey Sho‘x, meni solma inoyat nazaridin,
har hol ila bo‘lsam,

Sen-sen mening ummidim-u maqsudim-u yorim,
ham so‘ngra, ham avval.

La’ling mayi birla meni sarshori hayot et,
hayvon suyi yanglig

Kim, jonima qasd aylabon anduhi xumorim,
qildi meni mahtal.

Lu’luyi xushob o‘ldi tishing vasfini qilg’och,
har nuktaki surdum,

Hay-hay, na balo yaxshi xayol o‘ldi shiorim,
har fikrdin afzal.

Har yon yugurub dasht uza sargashtalik etsam,
man aylama zinhor,

Kim, keldi g‘aming olg‘ali orom-u qarorim,
bir oyati munza.

Erdim guli vasling bila shod o’ylaki bulbul,
hajr ayladi mahzun,

Ey voy, xazon mavsimig‘a fasli bahorim,
charx etti mubadda!

Ne o‘t edi husningdaki, kul bo‘ldi sarosar,
bo‘lg‘on anga nozir,

Qaysi ko‘ngul erkan anga, ey shu’la uzorim
bo‘lg’usi sijanjal?»

Behudadurur sarzanish etmak menga Munis,
rasvolig’ ishidin.

Odobi muhabbatda agar ketmasa orim,
bo‘lg‘aymuman akmal?

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse