Ishchi teatrining mahorati
O‘zbekiston xalq maorif komissarligi qaramog‘idag‘i davlat asosiy dram teatrusining bir bo‘lagi bo‘lib, ko‘chmanchi ishchi teatri 29-30 nchi yildan boshlab ishga kirishgan edi. Bu teatrning ish davrida ayniqsa Buxoro, Termiz shaharlaridagi tajribasizliklari, yangiliklari natijasida kelib chiqg‘an juz’iy kamchiliklar haqida matbuot sahifalarida so‘zlanib kelindi. Teatr ichidagi bir qism umidli yoshlar bu tanqidlarg‘a jiddiy e’tibor qilib, teatrning kamchiliklarini tuzatishga harakat qila boshladilar. Teatr ichidagi tashkiliy, ommaviy, hayotiy, tarbiyaviy kamchiliklar bir tomondan tugatila borg‘an bo‘lsa-da, ikkinchi tomondan teatr boshig‘a qora bir kun tug‘a bordi. U ham bo‘lsa, teatrning butun hayot-mamoti davlat asosiy teatrning bevosita rahbarligida bo‘lishi, ayniqsa teatrning boshqaruvi o‘taketgan jinoyatchi Qosimxo‘jayevning qo‘lida bo‘lishi. Qosimxo‘jayev ishchi teatrining boshlig‘iligini nazarda tutmadi. Uni o‘sdirish uchun choralar ko‘rmadi. Balki, uning kuchidan foydalandi. Asosiy dram truppa xizmatchilarining oylig‘ini o‘z vaqtida berganida ishchi teatri xizmatchilarining oylig‘ini 2 oylab cho‘zdi. Bularni qishloqda och-yalang‘och qolishig‘a sababchi bo‘ldi. Qosimxo‘jayev bu truppa haqida nima qildi deng? Qosimxo‘jayev O‘zpaxtasoyuz bilan 60 kunda 60 ta teatr qo‘yib berish sharti bilan shartnoma tuzishdi. Bundan 25 ming so‘m pulni olib “Esing bo‘lsa bu yerda turma” dedi-da Maskavga qarab jo‘nab qoldi.
Bu shartnomaning bo‘lishin teatr xizmatchilariga hech kim tushintirmadi. Hatto tanaffus choqlarini ham eslariga oluvchilar bo‘lmag‘ani qiziq hol. Shu ahmoqona shartnomani kollektif xizmatchilari bajardimi, yo‘qmi? Teatrning umidli azamatlari “Ishlasak o‘shal bezbetning sharafiga ishlamas ekanmiz, hozirg‘i davrimizning jon tomiri bo‘lg‘an kolxoz, sovxoz ommalari uchun ishlar ekanmiz, u bilan bo‘lsa tegishli joylarda hisoblashamiz” deb qiling‘an shartnomani tanaffussiz bajardilar.
Qosimxo‘jayev yomonliq bilan qanoatlanmay zayom to‘g‘risida ham teatrni o‘tdek kuydirdi. Teatr xizmatchilari uchinchi sana zayomig‘a 5080 so‘mliq yozilg‘an edilar. Shu puldan 3800 so‘mni na bankaga va na boshqa yerga topshirmadi.
Shu sababdan teatr xizmatchilari haligacha abligatsiyalarini qo‘llarig‘a olg‘anlari yo‘q. Shunday bo‘lsa-da teatr xizmatchilari “5 yilliqni to‘rt yilda” zayomig‘a bir yarim oyliqdan yoziluvg‘a qaror qildilar.
Teatr Termizga borg‘an vaqtda Qosimxo‘jayev ekin kampaniyasini o‘tkazish kamissiyasidan qishloqlarg‘a chiqib teatr qo‘yib berish uchun deb 4 ming so‘m olg‘an edi. Bu narsadan teatr xizmatchilarini ogohlantirmasdan urra qochib qoldi. Natijada bir necha qishloqlar teatrsiz qolib, yomon otg‘a teatr qoldi.
Ishchi teatri Toshkentga kelib tek yotmasdan 2-3 teatr qo‘yib berdi. Bu teatrlarni ko‘rgan kishi kollektif xizmatchilariga umid bog‘lay oladi. Markaziy sanoye’-nafisa soyuzining yaqinda bo‘lg‘an majlisida teatrning ko‘rsatgan xizmatlari ayrim teatrning 30-31 nchi yil teatr mavsumida alohida ayrim ma’muriyati, ayrim xo‘jalig‘i va budjeti bilan davlat asosiy teatridan ajratishni lozim topdi.
Shuning oxirida Qosimxo‘jayevning yana bir marta ta’kidlab, aloqador idoralarning diqqat bilan qarashlarini kutamiz.
Yana bir zarur mas’ala, kollektif xizmatchilari o‘rtasida siyosiy tarbiyani kuchaytirish, bu yilg‘i o‘ynayturg‘an asarlarni saralash lozim.
A.S.
“Sharq haqiqati” gazetasi,
1930-yil, 11-sentyabr, № 210.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|