Jump to content

Ish boshlandi

From Wikisource
Ish boshlandi (1925)
by Abdulhamid Choʻlpon
335297Ish boshlandi1925Abdulhamid Choʻlpon

Eski Toshkent ijroqo‘mi so‘ng vaqtlarda chindan-da o‘zbek maorif va madaniyat ishlarining mushfiq otasi bo‘lub boradir. Davlat va mamlakatning shu pul buxroni vaqtida maorif-madaniyat ishlarimiz hukumat ta’minotidan chiqib borayotqani bir zamonda, eski shahar ijroqo‘mi qo‘lidan kelgan har bir yo‘l bilan shu ishlarning oqsamay borishig‘a, balkida, yuksalishiga tirishmoqdadur. Yaqinda ijroqo‘m qoshidag‘i maktablarga yordam komissiyasi tomonidan ijroqo‘mning o‘z binosida katta bir kecha yasalib, munda manavi tashqiqotdan tashqari bir muncha moddiy foyda ham hosil etildi. Bu kechaga ijroqo‘m tomonidan butun moddiy va ma’naviy ko‘maklar ko‘rsatilganligidan bu kecha shaharimizda so‘ng vaqtlarda yasalg‘an kechalarning hammasidan ham muvaffaqiyatli chiqdi.

Turkiston jumhuriyatining markazi bo‘lg‘an Toshkentda shu choqqacha birgina o‘zbek tiyotr to‘dasi bo‘lib, uning ham bitta dekaratsia jihoz va boshqa ko‘b jihatlardan qanday yomon holda bo‘lg‘anlig‘i gazetamizda necha martalar yozilg‘an edi. Oxirda bu ishga ham eski shahar ijroqo‘mi jiddiy ahamiyat berdi va o‘zining yaqinda bo‘lg‘an rayosat majlisida Hamid Sulaymon o‘rtoqning shu turidag‘i ma’ruzasini tinglag‘andan so‘ng quyidag‘i qarorni chiqardi:

1) eski shahar davlat turuppasini bir muncha vaqtqacha qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da ijroqo‘m hisobidan ta’min qilib turishg‘a;

2) truppaning o‘yunlaridan tushgan tushimni shu muddat ichida faqat o‘zining sahna kam-ko‘stlari uchun sarf qildirishg‘a;

3) hozirg‘a dekaratsia, jihoz va boshqa narsalar uchun shoshilish o‘laroq 6 yuz ming so‘m (olti miliard) pul berishga, maorif shoʻbasiga, qo‘lidag‘i tiyotrga keraklik muyumlarni bepul tiyotr uchun bersin deb buyuruq qilishg‘a;

4) Tiyotrning burung‘i va so‘ngg‘i butun ahvolini saqlash, madoxillarini yaxshilab tejash va ham turuppani o‘zini ta’min qilish (samoopravadaniye)ga qarata olib bormoq uchun Muhitdin Usmoniy bilan Hamid Sulaymon o‘rtoqlarni mas’ul vakil qilib belgilashga.

Bu qaror, boshqa ko‘b qarorlar kabi qog‘oz ustida qolmasdan, qat’iy bir yo‘l bilan yuzaga chiqib kelmakdadur. Ijroqo‘m vakillarining tashabbusi bilan hozir qishloq «Turon» tartibga qo‘yilmoqda. Uning sahnasi uchun bir qancha yaxshi deklaratsialar ishlatilmakda va jihozlari bilan to‘ldirish uchun harakat qilinmoqdadir.

Ijroqo‘m vakillari sovub ketmasdan shu yo‘lda ishlay bersalar, nihoyat eski Toshkent xalqi markaz bo‘lg‘udek nafis bir tiyotr – tomoshagan ega bo‘la olg‘usidur.

Q

«Farg‘ona» gazetasi, 1925-yil 18-noyabr.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"