Jump to content

Ikki ko‘runish

From Wikisource
Ikki ko‘runish (1924)
by Hoji Muin
334442Ikki ko‘runish1924Hoji Muin

«Mashrab»ning bu sonidag‘i ikki ko‘runish, bizning nazari diqqatimizni o‘ziga xuddi qahrabodek tortib qo‘ydi. Uning biri — tanqid olamida yangi «usul», ikkinchisi -Zarafshon daryosinint bu kungi ajoyib va g‘aroyib holi. Shuning uchun bu to‘g‘rida bir-ikki og‘iz chaq-chaq qilmasdan o‘ta olmadik.

Birovning she’ri yoki me’ri tanqid qilinar ekan, uning g‘alvir-shalvirini boshlab tahlil g‘albiridan o‘tkazib, so‘ngra ul haqda bir hukm chiqarish ota-bobomizdan qolg‘an yaxshi bir odat edi. Yaqinda «A. Sa’diy» degan bir o‘rtoq ham shu usulg‘a amal qilib bir muddat so‘kish «ofarinnoma»si olg‘on edi.

Lekin nima uchundir so‘ng choqlarda yangi bir tanqidchi maydong‘a otilib, o‘z aqlicha odam bolasi ko‘rmagan va eshitmagan shgi bir «usul» chiqardi. Buning usulig‘a qarag‘anda, tahlil-mahlil degan bosh og‘riqlar hojat bo‘lmay, yolg‘iz shoirlarni sabzi-sholg‘om qatorida qopg‘a solib, Ovruponing toshbaqa tarozusi bilan o‘lchash kifoya etar emish…

Mana, biz o‘zimizning yosh shoirlarimizg‘a bu yangi «usul»ni tortiq etamiz. Toki bular bundan keyin Ovrupo shoirlaridek she’r aytsunlar. Bu ishning uddasidan chiqmag‘onlari taqdirda jimgina yursinlar va «tavsi’i ma’lumot» etsunlar…

Yasha tanqidchi!.. Shu usulga ham sallamno!..

Endi kelaylik Zarafshon daryosining bu kungi ko‘runishiga:

Samarqandning bu kungi Zarafshon manzarasini ko‘rgan kishi hayron bo‘lib, «yo bu yerning xalqi devona bo‘lg‘on, yoki bu shahar — halhala shahri ekan» deb o‘ylasa ajab emas. Chunki bechora dehqonlar, qancha mehnat qilib, soliq to‘lab bir qop g‘allani yoki 20-30 qovunni bozorda sotaman deb Zarafshon qirg‘og‘ig‘a keladilar. Bundagi qarovullar qo‘prukdan mandatsiz o‘tkazmaganlari uchun u bechoralar ham taqdirga tan berib daryodan o‘tishga majbur bo‘ladilar.

Natijada, bir munchalari daryodan zo‘rg‘a o‘tib, boshqalari to‘p-to‘g‘ri Buxorodan chiqadirlar yoki ikkinchi dunyodan… Bularning uydagi bola-chaqalari «otamiz go‘sht-yog‘ keltiradir» deb qozonni qizitib turadir. Lekin go‘sht-yog‘ nari tursin, otalaridan darak ham bo‘lmas. Bunda qozon qizib yorilur. Bola-chaqalari ham sabil qolur…

Shahrimizda ishchi-dehqonlar foydasig‘a ishlaydurg‘onlarning bu fojealarni ko‘rarlik ko‘zlari, eshitarlik quloqlari yo‘q.

Chunki….

Boturbek

«Mashrab», 1924 yil, 6-son


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"