Ijroqo‘m

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ijroqo‘m  (1924) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Nihoyat… nihoyat kelib inqilob qo‘mtamiz ijroiya qo‘mita (ijroqo‘m)g‘a aylandi. Inqilobning qonlar ko‘purtkan vaqtlarida butun shahar va uyezd harbiy holat ostig‘a kirib, tinchliq bilan ish ko‘rguchi bir mahkama, bir idorani ko‘rushdan yillardan beri mahrum bo‘lub keldi. Hattoki, yaqin vaqtlarda inqilob qo‘mitasining ismiga «harb» (urush) degan bir so‘z qo‘shulub, «inqilob harbi qo‘mita» nomini olib keldi.

Nihoyat o‘tgan oyning 28 nchi kuni Andijon shahar va uyezdning bosh mahkamasi, amaliy xujayini o‘z majlisini ko‘rdi. U majlisda «inqilob, harbi» jumlalari bir tarafga olub qo‘yulub, ijroiya qo‘mita nomi o‘rtaga chiqdi. Hozir, har narsa yumshag‘anidek, har narsa bo‘shashg‘anidek. Lekin, haqiqatda asl ish, asl mehnat, asl o‘zni ko‘rsatish endigina boshlandi, desak bo‘ladur. Chunki burung‘i hay’atlarning vazifalarida dushman bilan urushmak barobarida buzmoqliq ham bo‘lsa, hozirgi va mundan keyingi hay’atlarning vazifalari to‘ppa-to‘g‘ri: tuzatish, o‘nglash, obod qilish, gullatishdur.

«KICHKINA ONGLASHILMASLIQ»

Yaqindag‘ina Andijon suv idorasi (Vod.xoz) o‘zining faoliyati to‘g‘risida ma’ruza bergan. Ma’ruzadan onglashiladurkim, suv idorasi Maskovdan kelgan ulgurji chervonlarni bekorga sarf qilmag‘an, birgina Haqqulobod mahkumining o‘zida allaqancha ish qilg‘an ekan. Demak, suv idorasiga bu ish uchun «balli» demak kerak.

Lekin shu ma’ruza ustiga Haqqulobod sho‘ro mahkamalaridan bir qog‘oz kelib tushadur. U qog‘ozg‘a qarasaq, Haqqulobod mahkumida suv idorasi hech narsa qilmag‘an. Qilg‘an bo‘lsa ham o‘z puli bilan emas, yurt puli bilan, yurt kuchi bilan qilg‘an.

Mana munda «kichgina»onglashilmasliq bor. Shu onglashilmasliqni bilib, onglab hukm qilmoq uchun ijroqo‘m qoshida alohida bir komissiya tuzulmakdadur.

Qani bir oz kutaylikchi, komissiya qanday haqiqatlarni kashf qilar ekan? O‘zi qilmag‘an ishni «qildim» degani uchun suv idorasini ayblarimi yoki ko‘z oldida qiling‘an ishdan bexabar qolg‘ani uchun Haqqulobod hukumat idoralarini qoralarmiz. Har holda shu «kichkina» anglashilmaslikni bartaraf qilar!

DEHQONCHILIK SOLIGʻI

Uyezdning ba’zi joylarida dehqonchilik solig‘ining unishi sustrak boradur. Ba’zi joylarda soliqni to‘lashga qodir kishilar (qishloq boylari) xayrlik qilg‘ang‘a o‘xshaydurlar. Soliq yig‘ish ishidagi vakil shul to‘g‘rida ijroqo‘mg‘a ma’ruza qildi.

Ijroqum uning ma’ruzasi yuzasidan quyidag‘i choralarni ko‘rishga qaror berdi.

1) ijroqo‘mga tobe bo‘lg‘an hamma mahkum bo‘lus, qishloq va ovul mahkamalariga buyurulsunkim, dehqonchiliq solig‘ining 15 nchi yanvargacha bitta qolmay yig‘ilishi ularning javobgarligidur.

2) yana o‘sha mahkamalarga buyurulsunkim, to‘lashdan bosh tortqan boylar va boy dehqonlarg‘a qarshi qattig‘ choralar ko‘rulsun.

3) soliq komissiyasiga ham taklif qilinsunkim, muxlatdan burun ariza (shikoyat)larni tezlik bilan qarab chiqsun.

Shu uch moddani amalga qo‘yish shoshilishliq bilan ishlandi.

Q

«Farg‘ona» 1924-yil 3-yanvar.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse