Ijobat bo‘lg‘on duo

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ijobat bo‘lg‘on duo  (1924) 
by Hoji Muin

Ay Xudoi diyrgiri saxt gir!
Teztar gar jonaki nodon amir.
On amiri, ki nadorad g‘ayri zulm,
Fikru zikri digari andar zamir.
Koru borash fisqu ayshu-ishratast,
Go‘yo az modar o‘ zoda sharir*.
Ul amirikim kasofat konshshr,
Ezmalik avjidadir deb «alkabir».
Odamiyat ko‘chasidan o‘tmagan,
Sadqai odam bo‘lsun munday amir.
Kambag‘alg‘a rahmi yo‘qdir, zulmi ko‘b,
Boylarg‘a lutf ila mehri kasir.
Burjuazlarg‘a berar yog‘liq palov,
Kambag‘al ishchiga bermaydir xamir.
Mullalarni adtsabon «dahyak» bilan,
Vaqflarni ushr birlan o‘zi yer.
Boyu mullalar anga sotliq chimor,
Bevayu bechoradir sog‘liq sigir.
Peshkash aylar amirga zulm ila,
O‘z bolasin boyu mullayu faqir.
Bachchabozliqda anga yo‘qdir misol,
Mayparastliqda anga yo‘qdir nazir.
Ersiz qiz qolmadi qo‘l ostida,
Chunki bo‘ldi barcha qizg‘a o‘zi er.
Shul jihatdan haqlidir har kim desa:
«Biz Buxoro xalqi avlodi amir».
Garchi bo‘lsa oti Olimxon to‘ra,
O‘zi ilmu fazldan yo‘qdir xabar.
Shul sababdan olimg‘a dushman erur,
Chin ilm ahlini zindong‘a solur.
«Istaraz»chilarni ho‘kizdek boqur,
Hurriyatchilarni qo‘ydek boshin kesur.
Hurriyatdan so‘zlasang — joni chiqar,
Zulmdan so‘z boshlasang, bo‘lg‘ay daler.
Bundayin zolim, ilohi, tezroq
Bolsheviklar qo‘lig‘a tushgay asir.
Barcha molu mulku taxtu baxtini
Bolsheviklar aylagay yibir-esir.
Qo‘rqmayin to‘g‘ri yozar botur «Tayoq»,
Garchi bo‘lsa qatl, yo borsa Sibir.

«Mashrab», 1924 yil, 7-son

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse