Icharg’a boda sahar mavsimi chaman yaxshi...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Icharg’a boda sahar mavsimi chaman yaxshi...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Icharg’a boda sahar mavsimi chaman yaxshi,
Navoyi mutribu xush majlis, anjuman yaxshi.

Suzub piyolai mayni, yig’ilsa ishrat eli,
Sunarg’a mug’bacha may kosai Xo’tan yaxshi.

Xush o’tkar umri azizing jahon g’amini yemay,
May ich, tiriklik aro sihhati badan yaxshi,

Kishikim ichmasa mayni tirik emas, o’lgan,
Aningdek odamig’a go’r ila kafan yaxshi...

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse