Husni barqidin yana yaxshi-yamong‘a tushti o‘t...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Husni barqidin yana yaxshi-yamong‘a tushti o‘t...
by Xumuliy

Husni barqidin yana yaxshi-yamong‘a tushti o‘t,
Qaysi yaxshi, qay yamon, ikki jahong‘a tushti o‘t.

Qomati shavqida xushk o‘lgan tanimdin nolalar,
Tong emas ul sham’din bu naysitong‘a tushti o‘t.

Sekratib ko‘k tavsan uzra otashin xo‘yummudur,
Yo uzori lam’asidin osmong‘a tushti o‘t.

Qarrilarg‘a ishq o‘ti barnodin afzun kor etar,
Sabzadin ortiq ko‘yar chunkim samong‘a tushti o‘t.

Sabzai xat birla gulruxsor ko‘rguzdi magar,
Kim bahor ayyomida fasli xazong‘a tushti o‘t.

Otashin gul demakim bulbul shararlig‘ ohidin,
O‘rtonib gulbun saropo gulsitong‘a tushti o‘t.

Ey Xumuliy ham bo‘lub qadding bu puldin o‘tmading,
Emdikim avval g‘ami ozurda jong‘a tushti o‘t.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse