Huquq

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Huquq  (1923) 
by Abdulla Qodiriy

Kichkina feleto‘n

Xotun-qizlarimizga bag‘ishlab

Azbaroyi Xudo aytingiz-chi, huquq degan narsa o‘zi nima?

Huquq nimadan iborat? Guvalamiki, uni biz maydalab hojatimizga yarataylik?! Nima axir? Buning javobini — «huquq» degan dardi bedavoni bo‘yniga osib olg‘anlardan so‘raymiz.

Sho‘rolar hukumati har bir choti ayri, boshi yumaloqqa, har bir hayvoni notiqu va g‘ayri notiqqa va har bir insu jinu devu pariga tom-tom bolo-bolo bom huquq berdi, deb gapurishadirlar! Bu to‘g‘rimi bakovul.

— Yasovullar, qoziyu quzzotlar bu gapka, bu ishlarga tushunadirlarmi?

Gap bunday: o‘zingizning Xalcha opangiz; allaqayerdan huquq tekshiradirg‘an bo‘lub, erga berilayotqan bir qizning uyiga boribdir. Xayr, yaxshi — tekshirsin.

Nega endi 13 yoshliq Oynisani oyog‘idan, qulog‘idan cho‘zib, yelmay, yugurmay 18 yoshatub qo‘yadir?

Tag‘in bir ish: masalan, o‘zingizning Zaynab opangiz: eridan, qo‘ying-chi, uyidagi har bir yassi-yapasqi qing‘ir-qiyshiq, ajivataraladan yeydur kaltakni; shilq-shilq; o‘zi och, bolasi och; non deganda g‘irillaydir kesak… Bechora opangiz undan-bundan so‘rab-so‘rog‘lab boradir katta viveskalik bir huquq olib beradurg‘anga. Iig‘laydir, siqtaydir, arzi bandalik qiladir; ammo qo‘l quruq, yolg‘iz bosh!

Chaqiriladir eri, yonidauch-to‘rtta gumangga, iltimoschi, azayimxon, tutatqi, ihi-pixi, gap biyron, g‘arch-g‘urch, ulli-bulli, o‘lumdan xabarimiz bor bundan yo‘q!

Murofaa: ikki koski , yana bir gurji. Qanaqa gurji deysiz? Ha, tushunadurg‘an muxtoriyat, falon pismadonu go‘yoki bu majliska o‘zi shunday qirtish qidiribgina kelgan, tavba!

— Zaynab opa, og‘zing qaysi?

Bechora qulog‘ini ko‘rsatadi.

— Huquq!

Yonida jallod va boshqa qasamxo‘rlar; G‘o‘dayish, piching! Bechora dir-dir qaltirag‘an, qozi mahsimning ham gaplari aylantirmalik:

— Kim yaxshi?

— Erim, pochcha!

— Kim yomon?

— Huquq, pochcha!

Huquq—gap bilmagan, ish bilmagan Zaynab opalarniki emas, shayton ustozi bo‘lg‘an Hoji Abdidarniki, shayton mardikori bo‘lg‘an Salohiddin mufattinzodalarniki! Shoir Xoqoniy, degandek: Holati manhusada qolg‘an «ul» emas, to‘rtta nahsning orasida boshi aylangan anu bechora!

Gap ko‘p, ko‘mir oz; kezi keldi, bir yozdiq!

Haqiqat e’loni: Julqunboy

«Turkiston» — 1923 yil, 24 dekabr, 213-son

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse