Holbuki, tun...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Holbuki, tun...  (1936) 
by Hamid Olimjon

Shag'irlaydi betinim daryo,
Shag'irlaydi vahm to'lgan jar,
Shag'irlaydi qorong'i dunyo,
Shag'irlaydi vodiy, daralar.

Shag'irlaydi... Bermaydi uyqu,
Xayollarim bo'lar parishon,
Bir izlanish boshlanar menda
Tushunchamga yana kirar jon.

Holbuki, tun - bunda odatda,
Butun borliq uxlarday sokin,
Butun yer osmonga o'ranib
Olar kebi kunduzidai tin...

Soyga tushdim, ko'kda chiqdi oy,
Nur yog'ildi oq bulutlarga.
Nurga to'ldi dara, to'ldi soy,
Nur yog'ildi qorong'i jarga.

Kezar edim, meni tinmayin
Ta'qib etar bir uzun soya,
Bilmadimkim, bormidir ishi,
Yo istarmi aytmoq hikoya.

Ko'zlarimda yonar uchqunlar,
Zilol suvga oy edi sirdosh,
Yaltirardi, doim tovlanar,
Oy nuriga cho'miluvchi tosh.

Ko'zni tikdim, parquv bulutlar,
Ko'char edi zilol va toza.
Lochin kabi samolyot uchar,
Uchar edi solib ovoza.

Tikilgandi ko'zim qog'ozga,
Qo'llarimda yugurar qalam.
Qurshamishdi uni hayajon,
Bir intilish, bir orzu bu dam.

Shag'irlardi osmon va havo.
Shag'irlardi butun koinot,
Shag'irlardi betinim daryo,
Shag'irlardi daryoda hayot...

1936 yil.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse