Hojatim uldur, xudoyo, po ishim bosh aylasang...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Hojatim uldur, xudoyo, po ishim bosh aylasang...
by Soʻfi Olloyor

Hojatim uldur, xudoyo, po ishim bosh aylasang,
Munda tavfiq, onda imonimni yo’ldosh aylasang.

Ilkima bersang asoyi himmat, og’zima sano,
Ko’ngluma ishq otashin solsang, ko’zum yosh aylasang.

Bor umidim: gardi isyonimni yuvg’ay obi afv,
V-arna yo’qdur chorasi qora tosh aylasang.

Chehrai jurmimni yopg’il pardai ismat bilan,
Onda mushkuldur gunohim xalq aro fosh aylasang.

Garchi Olloyor erur noqobilu nomustaqim,
Lutf etib bir murshidi komilg’a yo’ldosh aylasang.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse