Hijron so'zi

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Hijron so'zi
by Abdulla Avloniy

Tug’ulub o’sdim bu Vatanda,
Vatanim misli yo’q jahonda!
Tufrog’lari o’sumlikdur,
Manzarasi ko’rumlikdur.
Bir tarafda tog’lari bor,
Mevasi mo’l bog’lari bor.
Tog’laridan konlar chiqar,
Yerlaridan donlar chiqar.
Suvlaridur tamlu-totli,
Mevasi qandu nobotli.
Bog’laridur shirin-sharbat,
Anjir, uzum, anor, nashvat.
Daraxtlari o’sar firosh,
Falak uzra ko’tarub bosh.
Havosi o’ta yoqimlik,
Cho’llari bor toshlik, qumlik.
Toshkand emas, toshqand erur,
Kesaklari gulqand erur.
Ishlaganga xazinadir,
Dangasaga harinadur.
Kecha-kunduz faryod etub,
Ishlovchini yotur kutub.
O’tar kunlar, o’tar zamon,
Ey, Vatanim, bo’lma hijron!
Men ketsam-da, sen bo’l omon!
Omon Vatan, Vatan omon!


Public domain
This work is in the public domain in countries where the copyright term is the author's life plus 70 years or less. See Copyright.