Hijron o‘tig‘a muncha ko‘p, ey mehribonim, o‘rtama...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Hijron o‘tig‘a muncha ko‘p, ey mehribonim, o‘rtama...
by Mutrib Xonaxarobiy
333910Hijron o‘tig‘a muncha ko‘p, ey mehribonim, o‘rtama...Mutrib Xonaxarobiy

Hijron o‘tig‘a muncha ko‘p, ey mehribonim, o‘rtama,
Ayyomi ishrat bo‘ldi, kel, oromi jonim, o‘rtama.

Husning xumoridin ko‘ngul beixtiyor o‘lg‘an chog‘i,
Bir lahza rahm aylab manga, jism ichra jonim, o‘rtama.

Vasling tamannosi uchun oshufta hol o‘lsam agar,
Dardi firoq ichra qo‘yib, sarvi ravonim, o‘rtama.

La’ling zulolin istasam, g‘ayr ila sen ishrat tuzub,
Ey orazi gul, sarv qadi, qoshi kamonim, o‘rtama.

Nutqi kalomingdin hazin ko‘nglum vafo istar esa,
Noz aylabon, ey to‘tiyi shirin zabonim, o‘rtama.

Ehsoni lutfingdin meni mahrum etib ishrat aro,
Husn avjining sardaftari Azro nishonim, o‘rtama.

Izhor lutfingni so‘rar chog‘da tabassumlar bila,
Yuz nukta yolg‘ondin deb, ey shakkarfishonim, o‘rtama.

La’lingdin istab jonfizo, nutqingga zor o‘lsam agar,
Tishlab durafshon lablaring, ey nuktadonim, o‘rtama.

Noz aylabon qrshiig qoqib, ohista Mutribg‘a boqib,
Har jilvada jonim yoqib, ey navjuvonim, o‘rtama.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse