Hech musulmong’a, nigoro, dog’i hijron bo’lmasun...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Hech musulmong’a, nigoro, dog’i hijron bo’lmasun...
by Husayn Boyqaro

Hech musulmong’a, nigoro, dog’i hijron bo’lmasun —
Kim, visolingdin judo bo’lsa, anga jon bo’lmasun.

Ko’z uchidin novaki javrung bila o’ltur mani,
Domani poking, begim, nogah yana qon bo’lmasun.

Xasta ko’nglum bandi zulfungdin parishondur base,
Jam’ qilg’il sunbulingnikim, parishon bo’lmasun.

Jong’a yettim dilbari nodon elindin, oh,oh!
Hech kishining dunyoda mahbubi nodon bo’lmasun.

Jon berurda kelib o’ltur, bir dame ko’ray seni —
Kim, Husayniy ko’nglida, ey do’st, armon bo’lmasun.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse