Jump to content

Hayron bo’la qoldim

From Wikisource
Hayron bo’la qoldim
by Boborahim Mashrab
332177Hayron bo’la qoldimBoborahim Mashrab

Ko’z uchi bilan dilbari ra’no manga boqti, —
Hayron bo’la qoldim,
Yuz nozu karashma bila yor qoshini qoqti, —
Sarson bo’la qoldim.

«Jonimni olur bo’lsang ol!» deb yoniga bordim, —
Kuldi: «Nari tur!» deb,
Bexud qilibon boshima savdosini soldi, —
Nolon bo’la qoldim.

Aydimki, yana: «O’rgulayin, qoshima kelsang», —
Yuzini o’gurdi,
Hushum ketibon ko’zdagi yosh qon bo’lub oqti, —
Giryon bo’la qoldim.

Boskan izini ko’zuma surttum nola aylab: —
«Dilbar qaydasan?» deb,
Chiqmadi sado, ishq o’tini jonima yoqti —
So’zon bo’la qoldim.

Oh urdimu aydimki, «Sani qayda toparman izlab?» —
Dedi: «Sabr et!»
Hech qolmadi sabrim, jigarim suv bo’lub oqti, —
Tobon bo’la qoldim.

Mashrabga sahar yori shirin so’z qotib o’tti, —
Jondin kecha qoldim,
Devona qilib, jonim olib, billah(ki) yiqti, —
Qurbon bo’la qoldim.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.