Havo xush erdi-yu...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Havo xush erdi-yu...
by Alisher Navoiy

Havo xush erdi-yu ollimda bir qadah mayi nob,
Ichar edim vale g‘amdin qadah-qadah xunob.

Ki, hozir erdi o‘shul sarvi nargisi maxmur,
Valek rag‘mima qilmas edi qadahg‘a shitob.

Manga ne zahrayi ulkim, desamki, bir qadah ich,
Ne onsiz ichkali may, ne qarori toqat-u tob.

Bu g‘ussa birla ichim qon bo‘lub nechukki qadah,
Ko‘zumga har nafas ashk evrulur misoli hubob.

Chu angladiki, bordi ixtiyor ilgimdin,
Kulub qadah kibi lutf ayladi-yu qo‘ydi itob.

Qadahni ichti-yu yuz loba birla tutti manga,
Ki, aning ichkani-o‘q qildi meni masti xarob.

Chu soqiy etti qadah ko‘zgusida jilvayi husn,
Ne ayb oshiqi mayxora ko‘ngli bo‘lsa yabob,

Navoiy, vasl bihishtida shukr qil bu nafas,
Ki, yana chekmagasen hajr do‘zaxida azob.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse