Har qachonki, kemaga...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Har qachonki, kemaga...
by Alisher Navoiy

Har qachonki, kemaga ul oy safar raxtin solur,
Mavjlig‘ daryo kibi oshufta ko‘nglum qo‘zg‘olur.

Yig‘lama ey ko‘z, nedin sohilg‘a chiqmas kema deb,
Kim yoshing daryosidur har soriga el ko‘z solur.

Titrabon simobdek ko‘nglum yetar jon og‘zima,
Tund yel tahrikidin har damki, daryo chayqolur.

Sabr ko‘nglumda, ko‘ngul ul oyda, ul oy kemada,
Vahki, borib termulub ko‘z, mungrayib jonim qolur.

Dam tutulg‘andin o‘lar eldek, yetibmen o‘lgali,
Surmasun deb kemasin baski nafaslar asrolur.

Kirma savdo bahrig‘a olamdin istab sudki,
Siym naqdi tushsa, lekin umr naqdi siyg‘olur.

G‘arq etar bahri fano g‘am zavraqin, ey piri dayr,
Ilgiga chunkim Navoiy boda kishtisin ulur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse