Har necha, ey bevafo, vaslingg‘a loyiq bo‘lmasam...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Har necha, ey bevafo, vaslingg‘a loyiq bo‘lmasam...
by Bayramxon

Har necha, ey bevafo, vaslingg‘a loyiq bo‘lmasam,
Ishq ahli bo‘lmayin ishqingda sodiq bo‘lmasam.

Topmayin sendin murode e’tiqodim bo‘lmasa,
Sen manga bo‘lg‘il muxolif gar muvofiq bo‘lmasam.

Ishq olam qaydidin bo‘ldi xalosimg‘a sabab,
Netkay erdim muncha mehnat birla oshiq bo‘lmasam.

Qo‘yki, Bayramdek yiroqdin jilvai husnung ko‘ray,
Har necha, ey bevafo, vaslingg‘a loyiq bo‘lmasam.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse