Har kimdan anov manov

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Har kimdan anov manov  (1925) 
by Abdulla Qodiriy

O‘ShLIK QALPOQBOSh YoZUVChIDAN

— Ko‘chalaring chaqir-chuqur, qurbaqalar baqir-buqir, kafshlaring shap-shapiga pataklaring chapak chalar; kaparatga yugura ko‘rov, xotinga upa olasan, qizingga bo‘lsa iroqi sobun, o‘g‘ulchangga oshiq olasan; o‘chirt turib zerikmag‘il, kutib-kutib savob olasan. Senga savob kerakmas-a boshingga bir shapka kerak, qo‘lingga bir papka kerak, ichkari qarab o‘taberasan, So‘na bibi, Shashanisa jamolini ko‘raberasan o‘laberasan. Azabon bo‘lis choyxonasi: Ashirmatakang o‘g‘lini ko‘r, choyxonag‘a cho‘kkalatkan tannozgina Qumrini ko‘r, tunda kelib bazmini ko‘r, yoshlaringni azmini ko‘r!

Poshshaxo‘ja o‘g‘li yana, volijroqo‘m akang bila xotin-qizning vakilasi, kamsomonning jajjiginasi, kechalari dutor-sator, dimog‘laring mushki ifor. Men yozaman qaqir-quqir, bosaberasiz apir-shupir!

AVLIYaTALIK ChO‘KIChDAN

Mulla Kumush domla to‘ram: Oyoqqa mash tortma harom, degan edi. Avliyataning mullalarin jahli chiqib: Fatvong sening erur shaloq, o‘zing kofir xotin taloq, asling sening chalma qozoq! Munozara-mukolama, mubohasa-mujodala, ajab shirin muomala, kitob ochib, kitob yopib, bir-birini itdek qopib; natijada ikki tomon, bo‘lib olib qopqora qon, harsillashib-gursillashib murojaat qildi Qozon.

TOShKAND O‘RDA SAMOVORIDAN BIR DEVONA YoZADIR

— O‘zbek qizi ochilibdir, yerga bodom sochilibdir, ochilsa hay ochilibdir, bir xillari shoshilibdir; choyxonada sakkiz yigit, o‘rtasida bitta chigit; kakir-kukir etar chilim, katta-kichik unga yelim! Bu na balo, bu na qazo? Maqsad shumi ochilishdan? Yoxu dedim shoshilishdan!

Ko‘targuchi Dumbul.

«Mushtum», 1925 yil, 20 dekabr. 23-son, 3-bet.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse