Har gadokim...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Har gadokim...
by Alisher Navoiy

Har gadokim, bo‘ryoyi faqr erur kisvat anga,
Saltanat zarbaftidin hojat emas xil’at anga.

Kim fano tufrog‘ig‘a yotib qo‘yar tosh uzra bosh,
Taxt uza ermas muzahhab muttako hojat anga.

Shah yurib olam ochar, darvesh olamdin qochar,
Ham o‘zing insof bergilkim, bu ne nisbat anga.

Har ne shah maqsudidur, darveshning mardudidur,
Ko‘r ne himmatdur munga, ne nav erur holat anga.

Faqr ko‘yi tufrog‘in shah mulkiga bermas faqir,
Mulk ko‘rkim, teng emas tufrog‘ ila qiymat anga.

Shah sipah cheksa, faqir ahvolig‘a yetmas future,
Bu vale chekkach nafas, barbod o‘lur hashmat anga.

Shah emastur bir nafas osuda do‘zax vahmidin,
Ey xusho darveshkim, mardud erur jannat anga.

Shahg‘a sidq ahli damidin mash’ali davlat yorur,
Mehrdekkim, subh anfosi ochar tal’at anga.

Shahg‘a shahlig‘ musallamdur, agar bo‘lg‘ay mudom.
Shahlig‘ tarkin qilib, darvesh o‘lur niyyat anga.

Mumkin ermas shahlar ichra bo‘yla niyatlig‘, magar,
Shohi G‘oziykim, muyassar bo‘ldi bu davlat anga.

Shahlar darvesh-yu, darveshlar shahiki, bor
Shahlig‘ suvrat anga, darveshlik siyrat anga.

To shah-u darvesh bo‘lg‘ay aylagul, yo rab, ayon
Shahdin xidmat munga, darveshdin himmat anga.

Gar Navoiy so‘z uzatti, faqrdin ermas demang,
Bo‘lmag‘uncha hukm shahdin, qayda bu jur’at anga?!

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse