Gunbazi davvor ichinda o’rgulur boshim mening...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Gunbazi davvor ichinda o’rgulur boshim mening...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Gunbazi davvor ichinda o’rgulur boshim mening,
Yor vasliga yetolmay, to’kulur yoshim mening.

Yuraman giryonu nolon darbadar devonadek,
Hech holim so’rmadi yori qaro qoshim mening.

Barcha bildi holi dardim, bilmading holimni hech,
So’rmading: «Oyo nechuksan», deb bag’ir toshim mening.

Sadqai darding qilurman dunyoni ayshu hushin,
Aysh erur xobu xayolu dard yo’ldoshim mening.

Bu g’ariblik shahrida muhtoj emasman xeshga,
Kulfating bo’ldi ag’o, darding qarindoshim mening.

Qay kuni berdi ko’ngil sanga Huvaydo, ey pari,
Hech forig’ bo’lmadi g’amdin g’arib boshim mening.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse