Guliston ichra ul dilbar kelur mastona-mastona...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Guliston ichra ul dilbar kelur mastona-mastona...
by Muhammad Rahimxon Feruz

Guliston ichra ul dilbar kelur mastona-mastona,
Bo‘lur sham’i ruhig‘a jon qushi parvona-parvona.

Tutub zuhdu vara’ tarkini kirdim dayr aro bu tun
Ketur, soqiy, manga emdi to‘la paymona-paymona.

Qilur javru sitam, qilmas tarahhum man hazing‘a
Desam rozi dilimni boshig‘a aylopa-aylona.

Borib ag‘yor bazmig‘a, ichib ishrat mayin tun-kun,
Meni hijronda aylab g‘am bilan hamxona-hamxona.

Qilib pinhon yuzin man zori hayrondin parizodim,
Firoqida meni qildi ajab devona-devona.

Havas aylarsan, ey dil, ishq dashti sayrini qilmon
Kechib boshdin, qadam qo‘ymoq kerak mardona-mardona.

Qilib zohir bukun lutfu karam, Feruz, dildoring
Kelur koming ravo qilmoq uchun sallona-sallona.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse