Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur...
by Bobur

Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,
G'uncha sirin ochqon ul ikki labi xandonidur.

Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida,
Gul uza og'nar, magar, ul ikkining davronidur.

O‘qi zaxmini ko‘rub har yon tanimda el degay,
Kim, bu ko‘hi dardning ul lolayi No‘monidur.

Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko‘zumning yoshidur!
Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon — ko‘ngul afg'onidur!

Lojaram bo‘lg'ay parishon-u havoyi men kibi,
Zarra yanglig‘ kimki bir xushred sargardonidur.

Ul pari ishqida, Bobur, ko‘nglum andoq telbadur.
Kim, sochi zanjiridur chohi zaqan zindonidur.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.