Goʻzal Turkiston
Appearance
Goʻzal Turkiston, senga ne boʻldi?
Sahar vaqtida gullaring soʻldi.
Chamanlar barbod, qushlar ham faryod,
Hammasi mahzun. Boʻlmas mi dilshod?
Bilmam nechun qushlar uchmas bogʻchalaringda?
Birligimizning tebranmas togʻi,
Umidimizning soʻnmas chirogʻi.
Birlash, ey xalqim, kelgandir chogʻi,
Bezansin endi Turkiston bogʻi.
Qoʻzgʻal, xalqim, yetar shuncha jabru jafolar!
Ol bayrogʻingni, qalbing uygʻonsin,
Qullik, asorat - barchasi yonsin.
Qur yangi davlat, yovlar oʻrtansin.
Oʻsib Turkiston, qadding koʻtarsin,
Yayrab, yashnab oʻz Vataning gul Bogʻlarida
1922 yil.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|