Gar podshahi tamomi kishvar...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Gar podshahi tamomi kishvar...
by Nodim Namangoniy

Gar podshahi tamomi kishvar,
Xurshid liqou toj barsar,
Sohib hashamu livou xanjar,
Dorou Faridunu Skandar,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Ul zumraki zo‘r pahlavondur,
Har jangda tiyg‘i xunfishondur,
G‘ayratda shajeu arslondur,
Xanjarlari tezu jonsitondur,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Ul shayxlariki beriyodur,
Sajjodada sohibi ridodur,
Jahriyu xujasta gyursodur,
Ko‘p xalqlarga piru peshvodur,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Quzzodki, shar’ning amiri,
Din charxini bir mahi muniri,
Mazlumu shikasta dastgiri,
Ming xavfu xatar mihan asiri,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Muftiki qalamkashi zamona,
Tun-kun oni joyi qozixona,
Xat bitmoq alarga jovidona,
Ijroi shariati bahona,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Har ahli mudarrisu muallim,
Aylar hama elga dars ta’lim,
Yo ahli hakimu yo munajjim,
Bordur bu zamona ichra, bilkim,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Savdogari ashrafi jahongard,
Qilg‘on vatanini ko‘ngliga sard,
Ruxsorasi fikr bobidin zard
Tashvish ila umri g‘ussa parvard,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Bu jumla saronishin do‘kondor,
Sarrofu sahobu ahli najjor,
Bu paxtachiyu tarozubardor,
Har kasbikim dahr aro bor,
Maqsudi alarni siymu zardur,

Har sarv qadeki dilrabodur,
Dahr ahlig‘a ofatu balodur,
Kipriklari o‘qu qoshi yodur,
Sherozai bazmi xush adodur,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Mutribki erur base xush ilxon,
Lahnida olur ko‘ngul, berur jon,
To subhi surud etar farovon,
Eldin olibon sabotu somon,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Sozandai dilnavozkim bor,
Qonun ila qo‘lga olsa setor,
Bo‘lg‘ay nag‘amotlar padidor,
Ta’sirida sshrdur mamudor,
Maqsudi alarni siimu zardur.

Ul jam’i musofiri parishon,
Avton g‘amidan jigarlari qon,
Oshifta dilu, asiri hijron,
G‘urbatda nahiyf o‘lub, chekib jon,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Dehqon eli aylagay ziroat,
Tun-ku-n chekibon jafou mehnat,
Sarf aylab anga kuch ila quvvat,
Bu hirfadin, ey zavil basorat,
Maqsudi alarni oiymu zardur.

Sahroni kezar hamisha sayyod,
Sayd aylamak anga bo‘ldi mu’tod,
Gah tog‘ uzadur misoli Farhod,
Bu sa’ilaridin, ey naku zod,
Maqoudi alarni siymu zardur.

Shahlarki jahonni aylagay tang,
Bir-biriga qilib sitez ila jang,
Yurgay necha miylu necha farsang,
Qilmay bu yurishda nom ila nang,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Bir zumrani xalq der qalandar,
Kezgay hama hol bahr ila bar,
Ilgida asou xirqa darbar,
Ey do‘st, bilingki, bilmuqarrar,
Maqsudi alarni siymu zardur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse