G’unchani og’zing desam, naylay aning guftori yo’q...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
G’unchani og’zing desam, naylay aning guftori yo’q...
by Husayn Boyqaro

G’unchani og’zing desam, naylay aning guftori yo’q,
Sarvni qadding desam, netay aning raftori yo’q.

Oyni ne yanglig’ sanga nisbat qilurkim,husn aro
Sarvdek ham qaddi yo’q, ham gul kibi ruxsori yo’q.

Zulfunga sunbulni ne nav’ aylagay tashbihkim,
Ham diloso atri yo’q, ham jon rishtasidek tori yo’q.

Ayta olmon la’lingga yoqut o’xsharkim, oning
Ham chuchuk ta’mi-yu ham jonbaxshliq osori yo’q.

Gar raqibingdin meni o’ksuk ko’rarsen tong emas,
Kimki oshiq bo’ldi itdin kam ham oning ori yo’q.

Istasang ko’nglumga osoyish qadah tut, soqiyo,
Kim dame yo’qkim ulusdin yuz tuman ozori yo’q.

Ko’yida itti Husayniy ko’ngli, tong yo’q, istasa —
Kim, bo’lubtur onda bir devonai afgori yo’q.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse