Jump to content

G‘azali Qozi Muhammad Rajab Avj dar borayi xud

From Wikisource
G‘azali Qozi Muhammad Rajab Avj dar borayi xud
by Maxmur
308546G‘azali Qozi Muhammad Rajab Avj dar borayi xudMaxmur

(Qozi Muhammad Rajab Avjning o‘zi to’g’risidagi g‘azali)

Kelgil, ey ahbob, avval tarzi raftorimni ko‘r,
Ba’d davri gumbazi davri dastorimni ko‘r.

Kimki dastorimni ko‘rsa, o’rni(dan) qo‘rqib (turar),
Betahorat aylagan olamni murdorimni ko‘r.

Gohkim boshimga sallam o‘lmasa, ul dam qarab,
Rasm-u rohi, tuhmat-u shaltoq kirdorimni ko‘r.

Qozilikda jam’i qilgan pulni savdo aylasam,
Asfalasofil degan davrida bozorimni ko‘r.

To adamdan azmi dunyo ayladim yuz voy kim,
Qo‘ymadim olamda bir kun nafsi qahhorimni ko‘r.

Boshlanur boshi sabohi uyqudin to‘nim shon,
Olti eshik, yetti teshik non-u nondorimni ko‘r.

Bir magarmajman ki yuz ming ajdaho gar uchrasa,
Aylaram bir luqma devi ju’i ashrorimni ko‘r.

Garchi men qildim taxallus Avj yolg‘ondir hama,
Xalqning ostida qolgan baxti jabborimni ko‘r.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.