G'urbatda ul oy hajri...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
G'urbatda ul oy hajri...
by Bobur

G'urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur,
Hijron bila g'urbat manga ta'sir qilibtur.

Maqdur boricha qiluram sayi visoling,
To Tengrini bilmonki, ne taqdir qilibtur.

Taqdirdur ul yon-u bu yon solg'uchi, yo‘qsa,
Kimga havasi Sanbal-u Tatyir qilibtur.

Bu Hind yeri hosilidin ko‘p ko‘ngul oldim,
Ne sudki, bu yer meni dilgir qilibtur.

Sendin bu qadar qoldi yiroq, o‘lmadi Bobur,
Ma'zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse