Fuzuliy g’azaliga muxammas (II)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Fuzuliy g’azaliga muxammas
by Nurmuhammad Andalib

Fig’onkim, ul labi maygun ichib qonimni qonmazmi?
Hazin jonimg’a hardam zulmu bedodin oyonmazmi?
Nnib shavq o’tina boshdin ayog’ jismim tugonmazmi?
Bani jondin o’sondurdi, jafodin yor o’sonmazmi?
Falaklar yondi ohimdin, murodim sham’i yonmazmi?

Bo’lub ul but niqobafkan, chekarman dardlig’ shevan,
Falak saqfin qilib ravzan, g’izom anduh, yerim gulxan,
Ishim nola, tilim alkan, so’zim bo’lg’aymu mustahsan,
G’amim pinhon dutardim ban, dedilar yora qil ravshan,
Desam ul bevafo, bilman, inonurmu inonmazmi?

Chiqibdur ul mahitobon, jamolidin jahon raxshon,
Quvon, ey ko’z, go’nan ey jon, ichingda qolmasun armon,
Alandurma bo’lub hayron, qilibdur va’dai paymon,
Qamu bemorina jonon davoi dard etar ehson,
Nechuk qilmaz bango darmon, bani bemor sonmazmi?

Ko’zing pur fitnai jodu, g’azoli mushk anbarbo’,
Otorsen o’q kamon abro’, qilurman jonimi qobu,
Durur ko’nglum ango qorshu, borur ashkim bo’lub jo’-jo’
Guli ruxsoringa qorshu, ko’zumdin qonlu oqar su,
Habibim fasli guldur bu, oxir sular bo’lonmazmi?

Firoqingda mani bedil, ishim mushkil uza mushkil,
Tuzubsan g’ayr ila mahfil, yotibman xasta oyu yil,
Sari ko’ying qilib manzil, murodim bo’lmadi hosil,
Degildim man sango moil, san etding aqlimi zoil,
Bango ta’n aylayan gofil, sani ko’rgach o’tonmazmi?

Chiqib ul nomusulmonim qilurg’a qasdi iymonim,
Falakda ohi so’zonim, ko’zimda ashki g’altonim,
Ichnmda dardi pinhonim, tabibo, yo’qmu darmonim,
Shabi hijron yonar jonim, do’kar qon chashmi giryonim,
Uyotir xalqi afg’onim, qaro baxtim uyonmazmi?

Jahonda to’la g’avg’odur fig’oni Andalibodur,
Na yanglig’ sho’rish afzodur, tili vasfingda go’yodur,
Ango ko’yingda ma’vodur, alimda jomi sahbodur,
Fuzuliy rindi shaydodur, hamisha xalqa rasvodur,
Ko’ringkim, bu na savdodur, bu savdodan o’sonmazmi?

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse