Fuzuliy g’azaliga muxammas (I)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Fuzuliy g’azaliga muxammas
by Nurmuhammad Andalib

Toki ko’rdum chashmi fattoningdadur g’ammozalar,
Dog’lar kiydim yuzing sha’nida yuz andozalar,
Rashk kojidin yuziga urdi mahvash g’ozalar,
Har kitobakim labi la’ling hadisin yozalar,
Rishtai jon birla ishq ahli oni sherozalar.

Mehmonim bo’lding, ey dilbar, qo’l urdum kisaga,
Kokuling savdosidin naqdimni bermon nasyaga,
Xoli mushkining qilibdur ro’zgorimni siyah,
Bu na sirdur sirri ishqing demadim bir kimsaga,
Shahra dushmushman sani sevdum deyub ovozalar.

Oshiq o’lmang deb nasihatlar ko’b etti piri ishq,
Naylayinkim jonu ko’nglum bo’ldilar tasxiri ishq,
Man o’lar holatg’a yetdim yo’qmudur tadbiri ishq,
Choklar ko’ksumda sonmangkim ochibdur tiyri ishq,
Ko’ngluming shahrina mehring kirmaka darvozalar.

Rindlar birla qilib har dam fig’onu arbada,
Ahli olam bo’ldilar faryodu nolamdin zada,
Shukrlillah, manzilu ma’vo bo’lubdur maykada,
Shayxlar mayxonadin yuz do’ndururlar masjida,
Betariqatlarni ko’rkim to’g’ri yo’ldin ozalar.

Andaliboso chekib hardam fig’onu zamzama,
Ul quyoshning orazidin munfaildur mehru mah,
Bir kuni bo’lg’ay firoqingning visoli, g’am yema,
Ey Fuzuliy. yor agar javr etsa andin injima,
Yor javri oshiqa har dam muhabbat tozalar.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse