Fuzuliy g‘azaliga muxammas (Afandixon Axtariy)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Fuzuliy g‘azaliga muxammas
by Afandixon Axtariy

Jahla do‘nding, millat, urfoning kerakmazmi sango?!
Shabda qolding, mehri raxshoning kerakmazmi sango?!
Rag‘bating nishtargadur, qoning kerakmazmi sango?!
G‘amzasin suyding, ko‘ngul, joning kerakmazmi sango?!
Tiyg‘a urding, jismi uryoning kerakmazmi sango?!

Ma’rifat gulzoridin, sad oh, qolmishmiz yirog‘,
Lola yanglig‘ jahl sahrosida siynam dog‘-dog‘,
Zulmati zillatda istarman, fig‘on tortib, chirog‘,
Otashin ohim-la aylarsan bani taklifi bog‘,
Bog‘bon, gulbargi xandoning kerakmazmi sango?!

Vodiyi g‘aflatda uyqu bitdi, millat, emdi tur,
Tashnasan, jahd aylab o‘zni ilm bag‘rig‘a yetur,
Husha kelmazsak o‘zimiz, o‘zgalarmi o‘rgatur,
Ela verma dog‘ edub, har dam ayog‘lardin ketur,
Ey pari, zulfi parishoning kerakmazmi sango?!

“Utlub ul-ilma va-lav bi-s-Siyni” demishdir ul habib,
Ilm ma’shuqig‘a bo‘lg‘il volai ham dilfirib,
Oyg‘il anga biz qadrdonlar kelibmiz beshikib,
Ey kamonabro‘, raqiba verma g‘amzangdin nasib,
O‘q urarsan dosha, paykoning kerakmazmi sango?!

Turfa millat menga, bilmam, do‘sti davlatxohimi,
Menga dushmandur kime, ko‘rsatsa to‘g‘ri rohimi,
Bahsi ilmu jahl etib, qon qilma dilogohimi,
Yondurub jonim, jahonso‘z etma barqi ohimi,
Osmon, xurshidi raxshoning kerakmazmi sango?!

Haqni katmon aylaganni, bil, dili foiq dagil,
Millating xizmatchisin sab aylagan sodiq dagil,
Buzma kayfing, to‘g‘ri yo‘l birlan yuran soriq dagil,
Kufr zulfidin mani man’ aylamak loiq dagil,
So‘fi, insof ayla, iymoning kerakmazmi sango?!

Axtariy, millatga har so‘zni dema beixtiyor,
Xohishi Ollohga boqg‘il, har ishing bir vaqti bor,
Millating tobqay taraqqiy, zo‘r bo‘lg‘ay, baxtiyor,
Dutalimkim, ashki selobina yo‘qdur e’tibor,
Ey Fuzuliy, chashmi giryoning kerakmazmi sango?!

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse