Furqatingda, ey pari, tan kuydi-yu jon yig’ladi...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Furqatingda, ey pari, tan kuydi-yu jon yig’ladi...
by Sakkokiy

Furqatingda, ey pari, tan kuydi-yu jon yig’ladi,
Dambadam xud qayg’udin ikki ko’zum qon yig’ladi.

Hech davo yo’q dardkim jonimda bor, oni ko’rub
To’nin chok etti tabibu doru darmon yig’ladi.

Dur tishinggu gul yuzung vasfidin kechti hadis,
Sham’ hayrat o’tina yondi-yu so’zon yig’ladi.

Eshikingda it bikin bostim necha yil qovrulub,
Ushbu holimni ko’rub kofir, musulmon yig’ladi.

Yig’ladi hatto raqibning kelg’ondan rahmi manga,
Bori ul qattiq ko’ngulluk chinmu yolg’on yig’ladi.

Bildilar yuzdin ko’rub Sakkokiy holin so’rmayin,
Xosu omu shahru deh, donovu nodon yig’ladi.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse