Firoqingda xasta ko’nglum qatra-qatra qon erur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Firoqingda xasta ko’nglum qatra-qatra qon erur...
by Husayn Boyqaro

Firoqingda xasta ko’nglum qatra-qatra qon erur,
Olloh-olloh, bu ne hajri behadu poyon erur?

Har sari yuz zahm erur jismimda,vah,nozij bila
Hajr o’qidin har jarohat ichra bir paykon erur.

Ko’z qilur bu vajhdin tunlar duri ashkin nisor –
Kim,xayoling jon uyida bir kecha mehmon erur.

Xanjari javring durur o’tlug’ ko’ngul osoyishi,
Suv nechukkim, tashna lablar dardig’a darmon erur.

Ey Husayniy, hajr aro bexudlug’um ayb etmagay,
Har kishikim bir pari ishqida sargardon erur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse