Fig‘onkim, charx bedodi bila ko‘nglum parishondur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Fig‘onkim, charx bedodi bila ko‘nglum parishondur...
by Nodim Namangoniy

Fig‘onkim, charx bedodi bila ko‘nglum parishondur,
Balou dardu g‘am qaydida zoru, diyda giryondur.

Bahori gulshani olamda osibi havodisdin,
Ochilmay g‘unchai pajmurda yanglig‘ tah-batah qondur.

Kecha to subhidam shabnam kabi ko‘zdan to‘kub yoshin,
Surudi noladin bulbul kabi doyim darafg‘ondur.

Xayoli lolagun ruxsoralardin, goh savdodin
Samandardek kirib g‘am otashiga siyna so‘zondur.

Gahi qattiq musibatdin falakfarso erur ohi,
Sirishkidin gahi ko‘z mardumi g‘arqobi to‘fondur.

Tani farsuda, bag‘ri pora-pora, chok domoni,
Hamisha dardi-dog‘u g‘ussa birla ashk rezondur.

Fano sarmanzilin istar kechib bu xonumonidin,
Bu dunyo gulshani ahbobsiz go‘yoki zindondur.

Payopay tut qadah, ey soqiy, o‘zlukdin xalos ayla,
Na xush ulkim, adam koshonasida masti hayrondur.

Vujudim nay kabi so‘rox-so‘rox o‘ldi, ey hamdam,
Fig‘onu nola har bir band-bandidin namoyondur.

Qolib bu ko‘hi g‘am ostida yuz ming dog‘lar birla;
Taajjubkim, urib yuz pechtobi o‘lmagan jondur.

Hazin jonimni, ey gardun, meni og‘ritma, dilshod et
Dame bir o‘tkuchi bu dahri foniy ichra mehmondur.

Gahi vobastai zanjiri hasrat, gah asiri g‘am,
Tutolmay hech bir domoni maqsad, dog‘i xirmondur..

G‘izo bobida ahvolini, yo rab, mustaqim ayla,
Quling Nodim musohiblar ketib, besabru somondur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse