Jump to content

Fidoyi xalqim o’lsun tanda jonim...

From Wikisource
Fidoyi xalqim o’lsun tanda jonim...
by Avaz Oʻtar
308514Fidoyi xalqim o’lsun tanda jonim...Avaz Oʻtar

Fidoyi xalqim o’lsun tanda jonim,
Bo’lib qurbon anga ruhi ravonim.

Gar o’lsam darbadar mazlumlar uchun,
Budur maqsudi qalbi notavonim.

Mani solsa fano yo’liga davron,
Yurur ustimdin avlodi zamonim.

Umidim: yashasin maktab bolasi,
Alar har biri bir she’ri jayonim.

Na yaxshi o’ylakim, ma’qul-u manzur,
Avaz, xalqim uchun to’kulsa qonim.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.