Ey sarv, sham’i majlysi ag‘yor bo‘lmag‘il...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey sarv, sham’i majlysi ag‘yor bo‘lmag‘il...
by Bayramxon

Ey sarv, sham’i majlysi ag‘yor bo‘lmag‘il,
V-ey gul, rafiqi har xasu har xor bo‘lmag‘il.

Ag‘yor birla hamdam o‘lub jonim o‘rtading,
Tengri uchunki, hamdami ag‘yor bo‘lmag‘il.

Men xud g‘amingda zor bo‘lubmen xudoy uchun,
Sen bir sari bu nav’ dilozor bo‘lmag‘il.

Yo‘qtur pariruxeki, aning zori bo‘lmag‘ay,
Sen ham manga nazar qilu bezor bo‘lmag‘il.

Bayram, chu bilding emdi giriftorliq g‘amin,
Mundin nori kishig‘a giriftor bo‘lmag‘il.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse